17 Fevral 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Sport
22 Yanvar  2019 368

Osiyo Kubogi. S.Arabistoni va Qirg‘iziston ham uyga qaytadigan bo‘ldi

Osiyo Kubogi nimchorak final o‘yinlari davom etadi. Kecha ham bir-biridan qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi.

 

Dastlab Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari maydonga tushdi. Murosasiz kechgan bahsda yaponiyalik futbolchilar kichik 1:0 hisobida g‘alaba g‘ozondi. O‘yinning 19-daqiqasida Takexiro Tomiyasu tomonidan kiritilgan gol yagonaligicha qoldi. Yaponiya chorak finalda.

Keyingi o‘yin O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasida bo‘ldi. Avstraliya penaltilar seryasida O‘zbekistonni mag‘lub etgani haqida xabar bergandik. 

21-yanvar kunga belgilangan o‘yinlarning uchinchisi haqiqatdan, juda qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Dastlab musobaqa mezbonlari 14-daqiqada hisobni ochdi. Keyin, o‘yinning 26-daqiqasida qirg‘izistonliklardan Murzoev gol kiritib, hisobni tenglashtirdi, 1:1. Ikkinchi bo‘limning 64-daqiqasida Mabxut gol kiritib, BAAni oldinga olib chiqdi, 2:1.  Shundan so‘ng BAA shu hisobni ushlab qolishga, Qirg‘iziston esa gol kiritishga urinishni boshladi. Qirg‘izistonliklarning qayta-qayta qilgan hujumlari oxiri o‘z samarasini berdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 3 daqiqaning 2-daqiqasida burchakdan uzatilgan to‘pni Rustamov aniq darvozaga yo‘llab hisobni tenglashtirdi, 2:2. Asosiy vaqt shu tariqa tugadi va hakam 30 daqiqalik qo‘shimcha vaqt berdi.

Qo‘shimcha vaqtning 13 (103)-daqiqasida Qirg‘iziston darvozasiga belgilangan penaltini A.Halil aniq bajarib, BAAni yana oldinga olib chiqdi, 3:2. Qolgan daqiqalarda Qirg‘iziston termasi qancha harakat qilmasin hisob o‘zgarmadi va ular ham musobaqani tark etadigan bo‘ldi.

Bugun bizni yana ikkita nimchorak final o‘yini kutmoqda. Janubiy Koreya – Bahrayn uchrashuvi 18:00 da boshlansa, Qatar hamda Iroq o‘yini 21:00 da.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech