19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Sport
7 Yanvar  2019 1042

Osiyo Kubogi: Kutilmagan natijalar qayd etilmoqda

“Osiyo Kubogi-2019” musobaqasining guruh bosqichida 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Kecha, 6-yanvar kuni ham uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi va kutilmagan natijalar qayd etildi. Birinchi o‘yin B guruhida turnir favoritlaridan biri sanalgan Avstraliya va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Kutilmaganda Avstraliya mag‘lubiyatga uchradi.

Surat: stadion.uz

O‘yin taqdirini 26-daqiqada Anas Bani Yasin tomonidan bosh bilan urilgan gol hal qildi.

Kunning ikkinchi o‘yini Hindiston va Tailand terma jamoalari ishtirokida kechdi. A guruhi autsayderi sifatida qaralgan Hindiston terma jamoasi birinchi turda Tailandni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yinning 27-daqiqasida Hindiston terma jamoasi yetakchisi Sunil Chhyetri penaltidan hisobni ochdi. Ko‘p o‘tmay, 33-daqiqada tailandliklar sardori Terasil Dangda hisobni tenglashtirdi. 

Ikkinchi bo‘lim boshida Chhyetri dublni rasmiylashtirdi, keyinroq Anirudh Thapa va Jeje Lalpekhlua bittadan gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi.

Bu g‘alabadan so‘ng hindistonliklar guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi turda durang o‘ynagan BAA va Bahrayn ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

6-yanvarga belgilangan uchrashuvlar Suriya va Falastin terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan nihoyasiga yetdi. Ko‘pchilik Suriyaning g‘alabasini taxmin qilgandi ammo o‘yinda hisob ochilmadi.

Shu tariqa, B guruhida vaziyat quyidagicha tus oldi: 1. Iordaniya (3); 2. Suriya (1); 3. Falastin (1), 4. Avstraliya (0).

Osiyo Kubogining guruh bosqichida 1-tur uchrashuvlari davom etadi. Bugun biz quyidagi uchrashuvlar guvohi bo‘lamiz.

       S guruhi

Xitoy­ – Qirg‘iziston                                             

Janubiy Koreya – Filippin

      D guruhi

Yaman – Eron

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech