24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,1 °C

Sport
12 Yanvar  2019 1145

Osiyo Kubogi. Kuchli jamoalar keyingi bosqich masalasini hal qilmoqda

“Osiyo kubogi – 2019” ikkinchi tur o‘yinlari davom etadi. Bu turda kutilmagan natijalar deyarli bo‘lmayapti. Kuchli deya qaralgan jamoalar yirik hisobda g‘alaba qozonishni boshladi. Kechagi o‘yinlarda buni guvohi bo‘ldik. 11-yanvar kuni ham uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab Falastin va Avstraliya terma jamoalari maydonga tushishdi. Birinchi turda Iordaniyaga yutqazib qo‘ygan Avstraliya bu safar raqibni ayab o‘tirmadi. Birinchi bo‘limda ikkita, ikkinchi bo‘limda bitta gol urib, 0-3 hisobida g‘alaba qozondi.

Filippin va Xitoy uchrashuvida ham 3-0 hisobi qayd etildi. Xitoyliklar raqiblariga imkoniyat qoldirishmadi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Xitoy terma jamoasi kiyingi bosqich masalasini hal qildi.

Janubiy Koreya va Qirg‘iziston terma jamoalari bellashuvida o‘yin koreyaliklarning katta ustunligi ostida o‘tgan bo‘lsa-da 1ta gol bilan yakunlandi. 41-daqiqada Kim Min-Je burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Janubiy Koreya ham 6 ochko jamg‘arib, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qirg‘iziston birorta ochko jamg‘armay, guruhda uchinchi o‘rinni egallagan.

Bugungi o‘yinlar:

 

    D guruhi                                                  o‘yin vaqti:

Eron – Vetnam                                                  16:00

Iroq – Yaman                                                    18:30

 

    Е guruhi                                                  o‘yin vaqti:

 Livan – Saudiya Arabistoni                                21:00

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech