25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Sport
11 Yanvar  2019 960

Osiyo kubogi. Iordaniya muddatidan oldin pley-offda

Osiyo kubogi guruh bosqichi 2-tur o‘yinlari boshlandi. Kecha Tailand terma  jamoasi Bahrayn ustidan kichik, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 58-daqiqasida Chanatip Songkrasin tomonidan kiritilgan gol yagonaligicha qoldi.

10-yanvar kungi ikkinchi o‘yin Iordaniya va Suriya terma jamoalari ishtirokida bo‘ldi. Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Lekin iordaniyaliklarning o‘yini asta-sekin kuchayib, hujumlari xavfli tus ola boshladi. Bu esa 27-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi, Musa Sulaymon iordaniyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim yakunlanishi arfasida Tariq Xattab hisobni 2:0 ko‘rininishiga olib keldi.

Ushbu natijadan so‘ng, Iordaniya muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi. Bugun Avstraliya termasi Falastindan ochko oladigan bo‘lsa, u holda Iordaniya birinchi o‘rinni naqd qilgan bo‘ladi.

Kecha shuningdek, musobaqa mezboni bo‘lgan BAA terma jamoasi 2-turda Hindiston terma jamoasi bilan uchrashdi. 1-turda hammani hayron qoldirgan hindistonliklar amirliklar darvozasiga yo‘l topa olishmadi. To‘g‘ri, o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi, ammo mezbonlar 2 marta o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanib, ishonchli g‘alabaga erishdi.

Shunday qilib, BAA vakillarida to‘rt ochko jamg‘argan holda A guruhida birinchi o‘rinda bormoqda. Bittadan g‘alabaga ega bo‘lgan Hindiston va Tailand ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan. Bir ochkosi bo‘lgan Bahrayn esa to‘rtinchi o‘rinda.

 

Bugungi o‘yinlar:

Falastin – Avstraliya                                    16:00

Xitoy – Filippin                                           18:30

Qirg‘iziston – Janubiy Koreya                         21:00

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech