23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19 °C

Sport
30 Yanvar  2019 1827

Osiyo Kubogi. Finalni Ravshan Ermatov boshqaradi

Birlashagan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasi ham yakuniga yetib bormoqda. Xabaringiz bor 1-fevral kuni Qatar hamda Yaponiya terma jamoalari ishtirokida musobaqaning final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli tomoni ushbu final o‘yinini boshqarish hamyurtimiz Ravshan Ermatovga ishonib topshirildi.

O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da Abu Dabidagi «Zayed Sports City Stadium» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. To‘rtinchi hakam – Ma Ning (Xitoy).  

 VAR tizimida Paolo Valeri (Italiya), Muhammad Taqi Bin Javhariy (Singapur) va Kristofer Bit (Avstraliya)lar ishlashadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech