26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Sport
29 Yanvar  2019 1162

Osiyo Kubogi. Eron Yaponiya to‘sig‘idan o‘tolmadi

Kecha Osiyo Kubogida birinchi yarim final o‘yini o‘tkazildi. Unda Yaponiya va Eron terma jamoasi vakillari maydonga tushishdi.

Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan bo‘lgan bu ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yin juda qiziqarli, keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lishi oldindan kutilayotgandi. Shunday bo‘ldi ham. Aytish kerakki, Osiyo Kubogining bu galgisida kutilmagan natijalar anchayin ko‘p bo‘ldi. Kechagi o‘yin ham bundan mustasno emas. Ha, Yaponiya azaldan Osiyoning kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Qit’aning har bir musobaqasida ular favoritlar qatorida turadi. Lekin bugungi kunda futbol bo‘yicha Osiyoning birinchi raqamli jamoasini musobaqaning yarim finalida 3:0 hisobida mag‘lub etishini hyech kim kutmagan edi. 

O‘yin teng kurashlar ostida boshlandi. Eronliklar asta-sekin o‘yin tizginini qo‘lga olmoqchi bo‘lishdi, ammo yaponlar yetarlicha qarshilik ko‘rsatishdi.

Har uchala gol ikkinchi bo‘limda urildi. 56-daqiqada Osako qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llagan bo‘lsa, 67-daqiqada uning o‘zi penaltini aniq amalga oshirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Haraguchi yakuniy hisobni o‘rnatdi, 3:0 Yaponiya finalda.

Yaponiya terma jamoasining finaldagi raqibi bugun o‘tkaziladigan BAA – Qatar o‘yinidan so‘ng aniq bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech