26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Sport
8 Yanvar  2019 909

Osiyo kubogi: Nomdor jamoalarga oson bo‘lmayapti

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi o‘yinlari davom etmoqda. Kechagi uchrashuvlarda nihoyat favоritlar o‘zini ko‘rsatdi. Lekin ta’kidlash lozim ikki uchrashuv anchayin qizg‘in va murosasiz tarzda kechdi.

S guruhida Xitoy va Qirg‘iziston terma jamoalari bellashdi. 42-daqiqada Isroilov uzoq masofadan zarba yo‘llab, xitoyliklar darvozasini ishg‘ol etdi. 50-daqiqada darvozabon Matyash qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi. 78-daqiqada Yu Dabao darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, xitoyliklarga g‘alaba keltirgan golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu guruhning ikkinchi bahsida Janubiy Koreya va Filippin maydonda kuch sinashdi. O‘yinda koreyaliklarning ustunligi sezilgan bo‘lsa-da, g‘alabani qo‘lga kiritish anchayin qiyin kechdi. 67-daqiqada Ui-Jo tomonidan urilgan yagona gol bahs taqdirini hal qildi. 

Bu natijalardan keyin mazkur guruhda Xitoy birinchi, Janubiy Koreya ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kunning uchinchi uchrashuvi D guruhi jamoalari ishtirokida o‘tdi. Nafaqat guruhning, balki musobaqaning yetakchi jamoalaridan biri sanalgan Eron Yaman terma jamoasi bilan o‘ynadi. Kutilganidek, o‘yin eronliklarning katta ustunligida o‘tdi va ularning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugadi.

Gollarga Torimiy (12, 25), Al-Suvadiy (23 avtogol), Azmun (53), Quddus (78)lar mualliflik qilishdi.

Bugun guruhning yana bir o‘yini Vetnam hamda Iroq terma jamoalari o‘rtasida bo‘ladi.

Muxlislar shuningdek, E guruhidagi Saudiya Arabistoni va KXDR jamoalari ishtirokidagi o‘yinni ham ko‘rishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech