03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Xavfsizlik
21 May  2020 403

Provayderning xatosimi yoki isteʼmolchi haqqiga xiyonatmi?

Oʻzbekiston RespublikasiMonopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi “Beeline Uzbekistan” mobil operatori tomonidan “Gʻolib boʻl va yutib ol!” aksiyasi boʻyicha soxta reklama orqali isteʼmolchilarga notoʻgʻrimaʼlumot berganligi uchun “ViaMobi” MCHJga nisbatan qarshi ish qoʻzgʻatdi

Xususan, aksiya ishtirokchilari – isteʼmolchilarsoʻroviga binoan ularning telefon raqamlariga “Sizningtelefon raqamingiz 100 000 000 soʻmlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! Xizmatga obuna boʻlish narxi kuniga 1999soʻm” kabi mazmundagi SMS-xabar yuborilgan.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan yuborilgan soʻrovni“ViaMobi” MCHJ batafsil oʻrganib chiqqanidan soʻng mazkur aksiyada ishtirok etishga eʼtiborni jalb qilish uchun tanlangan Abonentlar guruhiga SMS-xabar yuborilganligini tan oldi. Matnni moslashtirish (tarjima qilish) jarayonidagi xato tufayli xabarning maʼnosi oʻzgarib ketgan. Natijada abonentlar “Siz gʻolib boʻlishingiz mumkin” oʻrniga(Hisobni toʻldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi. Sizning %msisdn% raqamingiz 100 000 000 soʻmlik super yutuqning ehtimoliy sohibi sifatida tanlandi! SMS orqali 3 sonini6767 ga yuboring! Xizmatga obuna boʻlish narxi 1999 soʻm/kun. Maʻlumot: http://win.beeline.uz)”, “Sizning raqamingiz aksiya gʻolibi deb tanlandi» (Hisobni toʻldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi. Sizning ****** raqamingiz 100 000 000 soʻmlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! 3 sonini 6767 raqamiga SMS yuboring! Xizmatga obuna boʻlish narxi 1999 soʻm/kun. Maʻlumot: http://win.beeline.uz)”mazmunida yuborilgan notoʻgʻri matnni olganlar.

Ushbu reklama aksiyasida749 ming isteʼmolchi ishtirok etgan boʻlib, joriy yilning mart oyi holatiga umumiy daromad miqdori 1 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan “ViaMobi” MCHJ tomonidan taqdim etilgan reklama beruvchiga nisbatanOʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlarni buzganlik uchun ish qoʻzgʻatildi.

“Isteʼmolchilar huquqlarinihimoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, notoʻgʻri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.

Mazkur holatnikoʻrib chiqish natijalari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berilishini maʼlum qilamiz.

Isteʼmolchilar diqqatiga –Gʻolib boʻl va yutib ol!” aksiyasiishtirokchilari notoʻgʻri reklama natijasida yetkazilgan zarar qoplani

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech