19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Mamlakatimizda
17 May  2019 659

O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov vafot etdi

Bugun, 17 may kuni O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi, deb xabar tarqatdi O‘zA. 

Ortiq Otajonov 1947 yil 30 yanvar kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston (1991 y.), Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston (1993 y.) xalq artisti. Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi bo‘yicha, 1967 y.) va Toshkent madaniyat instituti (1980 y.)ni tugatgan. 

Milliy ashulachilik yo‘llarini Komiljon Otaniyozov, shuningdek, A.Otajonov, M.Mirzaev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan o‘rgangan. O‘zbek davlat filarmoniyasi, “Lazgi” ansamblida xonanda (1968-81 yillar), “Lazgi” ansamblining badiiy rahbari bo‘lgan. 

Repertuaridan Xorazm mumtoz ashulalari (Feruz I,II, savtlari bilan ”Chapandozi Suvora”, “Xorazm Dugohi” va b.), kuyini o‘zi bastalagan asarlar (“Zebolanib kelibsiz”, “Ona diyorim”, “Xorazm farzandiman”,”Orol dardi”, “Sening kulishlaring”, “Ibiyay”, “Boshqacha” va b.), shuningdek, afg‘on, turkman, ozarbayjon, rus, arab qo‘shiqlari o‘rin olgan. Ijrolari 2 gramplastinka, O‘zbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech