20 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,4 °C

Xavfsizlik
29 Aprel  2019 893

O‘rta Chirchiqda YTH, jabrlanganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 29-aprel kuni taxminan soat 02:00 larda O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6-km.da Buxoro shahridan ziyoratdan qaytayotgan avtobus avto halokatga uchragan, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, salonida 53 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan «Mersedes» rusumli avtobusning baloni yorilib ketgan. Buning oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus beton to‘siqqa borib urilib ag‘darilib ketgan. Natijada, avtobus yonishni boshlagan. Yo‘lovchilar avtobusdan zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Avtobusda Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 31-maktabining  37 nafar o‘quvchisi, 3 nafar o‘qituvchisi, 10 nafar ota-onalar hamda 3 nafar xaydovchi bo‘lishgan.

Qo‘shimcha ma'lumotlarga asosan, 2 nafar fuqaro O‘rtachirchiq tumani shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularning  salomatligiga jiddiy zarar yetmagani bois uyiga javob berilgan. 

Hozirgi vaqtda, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazida 5 nafar fuqaro shifokorlar nazorati ostida. Ularga barcha zarur bo‘lgan choralar ko‘rilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech