26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Salomatlik
29 Aprel  2019 1001

O‘rta Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumoti

Xabar berganimizdek, 29-aprel kuni soat 01.44da O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida “Mersedes-bens” rusumli avtobus yo‘ldan chiqib ketib, avtohalokatga uchragan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, avtobus ichidagi 53 yo‘lovchidan 27 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Jarohatlanganlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga mos ravishda zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ulardan 19 nafariga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Yana 2 nafari Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uyiga ruxsat berilgan. Ular potranaj xizmatiga nazoratiga olingan. Qolgan 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Travmatologiya va Shoshilinch xirurgiya bo‘limlariga yotqizildi. Ularning ikki nafari: 54 yoshli Asqad Qobilov va 2,5 yoshli Robiya Ma’murboyeva muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Ayni paytda jarohatlangan bemorlar o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda.

Bundan tashqari, ushbu yo‘l transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan barcha yo‘lovchilarning xonadonlariga borildi, ahvolidan xabar olinib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkil etilgan.

 Barcha bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech