23 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Mamlakatimizda
29 Mart  2019 365

“O‘rikzor” bozoridagi janjal yuzasidan soliq qo‘mitasi rasmiy ma'lumot berdi

27-mart kuni internetda tadbirkor soliq organi xodimi bilan tortishayotgani aytilgan video tarqaldi. Voqyea Toshkentdagi “O‘rikzor savdo majmuasi”da yuz bergan.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabarida, mazkur videodagi Murodjon Egamberdiev soliq idoralari emas, Uchtepa tuman hokimiyati iqtisodiy bo‘lim xodimi ekanligi aytilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, u mahalliy hokimliklar qoshida soliq organlariga halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va shaffofligini ta'minlash uchun ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan jamoat guruhlari ishi doirasida harakat qilgan.

Qayd etilishicha, vaziyat keragicha o‘rganilmay, ushbu videorolik ijtimoiy tarmoqqa tarqatib yuborilgan va bu o‘z navbatida soliq xizmatlari imijiga salbiy ta'sir qilgan.

DSQ yolg‘on axborot tarqatish tuhmat qilish uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech