06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,2 °C

Energetika
22 Aprel  2020 2797

Oqmas suvda elektrostansiya

Sardoba suv ombori qoshida quvvati 10,7 mvtga teng bo‘lgan gidroelektr stansiyasi qurilishi boshlandi.

Gidroenergetika resurslari tabiiy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya manbai hisoblanadi.

«O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi poydevori uchun birinchi g‘isht qo‘yildi.

«Sardoba suv omborida kichik GES qurilishi» investitsiya loyihasini amalga oshirish 2020 – 2022-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy qiymati 21,3 million yevroga teng.

Investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan. Investitsiya loyihasi Rossiya Federatsiyasining «Roseksimbanki» tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy kreditlar hisobiga moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

Ta'kidlash joizki, Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosh pudratchi sifatida «Silovыe mashinы – ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport» kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilib, 19,2 million yevro ekvivalentiga teng shartnoma imzolangan. Shuningdek, 3,7 million yevro ekvivalentidagi o‘z mablag‘lari bilan «O‘zbekgidroenergo» AJ ishtirok etadi.

Shu o‘rinda, loyihaga binoan GESning o‘rnatilgan umumiy quvvati 10,7 MVtga teng. GESda 5,35 MVt dan iborat ikkita gidroagregat o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 41,1 million kVt.soatga teng.

«O‘zbekgidroenergo» AJning «1-son qurilish direksiyasi» unitar korxonasi investitsiya loyihasining buyurtmachi va ijro etuvchisi hisoblanadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech