24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,1 °C

Mamlakatimizda
16 May  2019 317

O‘qituvchilarning attestatsiyasi soddalashtirildi

Joriy yilning 13-may kuni Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori qabul qilindi.

Qarorda belgilanishicha, pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari yanada soddalashtirildi. Xususan, pedagog arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Ahamiyatlisi, navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, ilmiy darajaga ega, ya'ni fan nomzodi, falsafa doktori yoki fan doktorlari attestatsiyaga jalb etilmaydi. Nafaqa yoshidagi pedagoglar esa o‘z xohishiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagoglarning mavjud malaka toifa va lavozimlari ta'lim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi.

Hujjatga ko‘ra, attestatsiya jarayonida suhbatdan to‘liq voz kechiladi. Hududiy boshqarma hamda tuman (shahar) komissiyalari tarkibiga Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari kiritiladi.

Xalq ta'limi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari hamda oliy ta'lim muassasalari, tuman (shahar) va muassasalar tasarrufida ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar attestatsiya komissiyalari tuziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech