17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Transport
24 Sentyabr  2019 1224

UzAuto Motors o‘qituvchilar uchun maxsus aksiya e'lon qiladi

UzAuto Motors kompaniyasi barcha o‘qituvchilarni kasb bayrami bilan muborakbod etgan holda O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maxsus aksiya e'lon qiladi, deb xabar qiladi kompaniya matbuot xizmati. 

Aksiya faqat umumta'lim, o‘rta-maxsus va oliy ta'lim muassasalarining o‘qituvchilari uchun amal qiladi hamda Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini quyidagi shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilish imkonini beradi:

- Chevrolet Spark — 70% oldindan to‘lov, muddati 6 oy;

- Lacetti 3 poz — 60% oldindan to‘lov, muddati 1 yil.

Muddatli to‘lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor yuqorida ko‘rsatilgan ta'lim muassasining o‘qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim. 

Shuningdek avtomobilni garovga qo‘yish hamda hatardan sug‘urtalash ham mazkur aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.

Shartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan olish mumkin: 

 "AS SERVIS" tarmoqlarining dilerlik korxonalari

 "Sergeli Avtotexxizmat" AJ

 "Nurafshon Avtocentr" MChJ

 "Qaraqalpaqavtotexxizmet" MChJ

Aksiya 2019-yilning 30-sentyabriga qadar amal qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech