19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Mamlakatimizda
15 Fevral  2019 869

“O‘qituvchi” ilmiy-uslubiy noshirlik markazi tashkil etiladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufida “O‘qituvchi” ilmiy-uslubiy noshirlik markazi tashkil etiladi. Bu haqda agentlikning telegram kanalida malum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tarkibidagi “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ikkita tuzilmaga ajratilib, nashriyot nomi ostida ilmiy-uslubiy noshirlik markazi va matbaa uyi tashkil etiladi.

Ilmiy-uslubiy noshirlik markazini tashkil etishdan maqsad, uzluksiz ta’lim tizimida Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda yangi avlod darsliklarini ishlab chiqishdir.

Ma’lum qilinishicha, markazda ilm-fan mutaxassislari, yuqori pedagogik tajribaga ega soha vakillari hamda mas’uliyatli muharrirlar, musahhihlar guruhi jamlanadi. Ularga zamon talablariga javob beradigan, innovatsion yangi avlod darsliklarini ishlab chiqishi  uchun barcha zaruriy sharoit yaratiladi.

“O‘qituvchi” ilmiy-uslubiy noshirlik markazi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining sifati va bezatilishini yaxshilash, bu borada zamonaviy jahon tajribalarini joriy etish, darslik loyihalarini tayyorlashda davlat standartlari hamda sanitariya me’yorlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi. Shuningdek, maktab darsliklarini tayyorlash tartibini to‘liq qayta ko‘rib chiqadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech