23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Agrosеktor
14 May  2020 2284

Chorvadorni qoʻllab-quvvatlash borasida

Chorvachilik tarmogʻiga subsidiya ajratish tartibi belgilandi.

2020-yil 15-mayda Hukumatning 280-sonli “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Prezidentning PQ-4576-son qarori (https://lex.uz/docs/4717189) bilan 2020-2022-yillarda davlat tomonidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, baliq yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, parrandachilik xoʻjaliklariga subsidiyalar ajratilishi nazarda tutilgan.

Hukumat qarori bilan ushbu subsidiyalarni ajratish tartibi belgilandi, tegishli nizomlar tasdiqlandi.

Qaror bilan shuningdek, chorvachilik tarmogʻini yana-da rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyalarining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Belgilangan tartibga koʻra, subsidiya oluvchi tuman komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi.

Tuman komissiyasi arizani koʻrib chiqib, subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi.

Subsidiya ajratish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinganda bu haqda subsidiya oluvchi xulosa qabul qilingan kuni xabardor qilinadi.

Tuman komissiyasi tomonidan ariza nusxasi, unga ilova qilingan hujjatlar va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosa viloyat komissiyasiga taqdim etiladi.

Viloyat komissiyasi oʻz navbatidan hujjatlarni 2 ish kunida “Oʻzbekchorvanasl” agentligiga yuboradi.

Agentlik tomonidan hujjatlar koʻrib chiqiladi va subsidiya mablagʻlari subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi asosiy hisob varaqlariga oʻtkazib beriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech