10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Energetika
29 May  2020 404

Onlayn tarzda ishlaydigan hisoblagichlar

Sirdaryoda ham zamonaviy elektron gaz hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari boshlandi.

“Hududgaz Sirdaryo” MCHJ tomonidan aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlari oʻrnatilmoqda. Endi onlayn tarzda ishlaydigan ushbu elektron gaz hisoblagichlar fuqarolarning ovoragarchilik va sarsongarchiliklariga chek qoʻyilishga xizmat qiladi.

5 yillik kafolat muddati bilan oʻrnatilgan hisoblagichlar aholi xonadonlariga mutlaqo bepul oʻrnatilmoqda. Hozirga qadar viloyat boʻyicha 700 ga yaqin xonadonga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan ushbu zamonaviy hisoblagichlar oʻrnatildi.

Hozirda, “Hududgaz Sirdaryo” MCHJda ham kerakli ehtiyot qismlar va maxsus asbob uskunalar zaxirasi shakllantirilib, joylarga yetkazilmoqda. 1-bosqichda 3 240 dona elektron hisoblagichlar tuman va shahar filiallariga yetkazib berildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech