04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Xalqaro hamkorlik
12 Mart  2020 333

Omsk-Toshkent: shaharsozlikdan turizmgacha

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Rossiya Federatsiyasi Omsk viloyati delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Omsk viloyati Iqtisod vazirining o‘rinbosari Denis Kushner hozirda O‘zbekiston bilan Omsk viloyati o‘rtasida tekstil va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik aloqalari yaxshi rivojlanganini ta’kidlab, kelgusida energetika, qurilish, raqamlashtirish, shaharsozlik va boshqa sohalarda iqtisodiy aloqalar ko‘lamini kengaytirish niyatini bildirdi.

Omsklik mehmonlarga poytaxtimizning turistik salohiyati haqida ma’lumot berildi. Bunga javoban «Omsk viloyati rivojlanish va investitsiya agentligi» AJning bosh direktori yevgeniy Kovtun bu yo‘nalishdagi hamkorlik imkoniyatlarini atroflicha o‘rganib, birgalikda ish olib borishga qaratilgan loyihalarni tayyorlash taklifini bildirdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech