12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,5 °C

Xavfsizlik
8 Noyabr  2019 331

Olmazordagi janjalda ishtirokchilardan biri to‘pponcha bilan tahdid qildi

Internetda haydovchilar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik aks etgan video tarqalib, unda haydovchilardan biri to‘pponcha bilan o‘qtalgani aks etgan.

 

Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu faktning tekshiruvi o‘tkazilib, hodisa ishtirokchilari va kelishmovchilik sabablariga aniqlik kiritildi, deb xabar qiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Hodisa svetofor ishlamasligi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan Keles ko‘chasida sodir bo‘ldi. Ikkita avtomobillar haydovchilari – "Matiz" rusumli avtomobilni boshqargan 28 yoshli Farxod Yu. va "Kobalt" avtomobilini boshqargan 51 yoshli Jahongir J.lar bir-birlariga yo‘l bermaganliklari oqibatida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Janjal davomida Farxod Yu. Jahongirga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qilgan.

Ushbu mojaro bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda, uning natijalariga ko‘ra mojaro ishtirokchilariga huquqiy baho beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech