16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,7 °C

Mamlakatimizda
12 Iyul  2019 1023

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining asosiy vazifalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Qaror bilan Vazirlik huzurida quyidagilar tashkil etildi:

- Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta'limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;

- O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati;

- Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi.

Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tuzildi.

Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining yoshlar, ma'naviyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritildi.

Qaror bilan:

- Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi;

- Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasi;

- Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi;

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq:

- oliy ta'lim muassasalarining tuzilmalari tegishli oliy ta'lim muassasalari rektorlari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

- davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta'lim muassasasining rektori bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

- davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta'lim muassasasining prorektorlari  oliy ta'lim muassasasi rektorining tavsiyasiga asosan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Bunda:

- o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi;

- yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi;

- ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.

2020-yildan boshlab oliy ta'lim muassasalari moliyaviy barqarorligi va mutaxassislariga talab yuqoriligini inobatga olgan holda bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

Endilikda kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta'lim muassasasi rektori tomonidan uzaytiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech