20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Harbiy
5 Mart  2019 1998

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga yoshlarni saralash bo‘yicha qabul komissiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan 2019-yilda oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan yoshlarni saralash bo‘yicha qabul komissiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

 

Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishni istagan nomzodlarni saralash ishlari O‘zbekiston Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o‘tash hamda mudofaa vazirining 2015-yil 2-fevraldagi 72-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga mufoviq olib boriladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchilarni saralash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • harbiy-professional yo‘nalish;
  • dastlabki tanlash;
  • harbiy-professional tanlash;
  • test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash.

Nomzodlar ikki bosqichda yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Birinchi bosqich 2018-yilgacha tahsil olgan hamda shu yilning o‘zida kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yoshlarni, ikkinchi bosqichda esa 2019-yil bitiruvchilarini chaqirish ishlari yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Birinchi bosqichning ishi 2019-yil 15-iyun, ikkinchi bosqqichning ishi esa 2019-yil 25-iyun kuni yakunlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan test sinovlarini o‘tkazilishi hamda nomzodlarni oliy harbiy ta’lim muassasalarga qabul qilish va ularni mutaxassisligi bo‘yicha taqsimlash kabi tadbirlar belgilangan.

2019-yilda nomzodlar Mudofaa vazirligining quyidagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi (Toshkent sh.);
  2. Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti (Chirchiq sh.);
  3. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti (Jizzax sh.);
  4. Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti (Toshkent sh.).

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.

Nomzodlar uch tildan — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini shaxsan tanlagan holda test sinovlari topshiradilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech