26 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6 °C

Sport
20 Iyul  2020 3739

Olimpiada qoldiriladimi?

Yaponiyada oʻtkazilgan soʻrovda qatnashganlarning uchdan bir qismi Tokio Olimpiadasiga qarshi.

Yaponiyaning Kyodo News agentligi 2020-yilgi Olimpiada Tokioda oʻtkazilishi toʻgʻrisida soʻrov oʻtkazdi.

Soʻrovda qatnashganlarning

- 23,9 foizi Olimpiya oʻyinlarini Tokioda oʻtkazish tarafdori;

- 36,4 foiz oʻyinlar yana qoldirilishi kerak, deb hisoblaydi, chunki bir yil ichida koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashmaydi, degan fikrda;

- 33,7 foizi Olimpiadaning bekor qilinishini maʼqullashdi – ularning fikriga koʻra, Yaponiya hukumati sport tadbirlariga emas, balki koronavirusga qarshi kurashga koʻproq pul sarflashi kerak.

Eslatib oʻtamiz, Tokio Olimpiadasi 2020-yil 24-iyuldan 9-avgustgacha boʻlib oʻtishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli turnir 2021-yil xuddi shu sanalarga qoldirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech