21 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Tashvishli xabar
17 Mart  2020 1335

Olib qochilgan avtomashina halokatga uchradi

2020-yil 12-martga o‘tar kechasi soat 00:00 da, to‘rtovlon, Angren shahridagi yuvish shahobchalaridan biridan avtomashinani olib qochgan.

Ajablanarlisi, ularning ichida 15 yoshli o‘spirin ham borligi. Ular Angren shahrida joylashgan avtomashinalarni yuvish shaxobchasiga kelib, qorovulga qarab turish uchun qoldirib ketilgan, o‘zga shaxsga tegishli «Nexia» rusumli avtomashinaning kalitini qorovuldan yashirin ravishda o‘g‘irlash yo‘li bilan avtomashinani olib qochgan. Ammo olg‘ir haydovchi Angren shahar Birlik ko‘chasida  boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chekkasida joylashgan devorga olib borib urgan. To‘qnashuv natijasida hyech kim jarohat olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekison Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «b» bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, avtomashina olib qochuvchilar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech