21 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Sport
7 Dekabr  2019 900

Olga Zabelinskayadan yana bir tarixiy natija

Ayni kunlarda Yangi Zelandiyaning Kembrij shahrida velotrek bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olga Zabelinskaya yana bir tarixiy natija qayd etdi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.

Zabelinskaya Jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etayotgan ilk ayol velosportchimiz edi. Uning bugun skretch yo‘nalishida qo‘lga kiritgan medali esa yana bir ahamiyatli natija sifatida qayd etiladi. Vakilimiz ushbu yo‘nalishda kumush medal qatori Tokio Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli 450 reyting ochkolarini ham yozdirib qo‘ymoqda.

Velotrek bo‘yicha Jahon kubogi. Yangi Zelandiya
Ayollar, skretch

1.Xolli Edmonstond (Yangiya Zelandiya)
2. Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston)
3. Lidia Gurley (Irlandiya)

Vakilimiz mazkur bosqich doirasida omnium yo‘nalishida ham startga chiqishi belgilab qo‘yilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech