14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,2 °C

Mamlakatimizda
12 Fevral  2019 1611

Oilalar tarbiyasiga olingan bola uchun nafaqa miqdori oshirildi

Bu Prezidentimizning joriy yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

2019-yil 1-martdan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshirilib, 820 000 so‘mni tashkil qiladi, keyinchalik inflyasiya hajmidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib boriladi;

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 75 foizi miqdorida to‘lanadi;

vasiylik va homiylik organlari xodimlariga o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq transport xarajatlarini qoplash uchun har oyda 170 000 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanadi, keyinchalik inflyasiya hajmidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib boriladi;

bolalar uylari, nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari hamda sil kasalligiga qarshi bolalar sanatoriysi tarbiyachilariga tegishli toifadagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorlari qo‘llaniladi;

oilaviy bolalar uylari tarbiyalovchi ota-onalarining bazaviy tarif stavkasi “Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining ikki barobari miqdorida hisoblanadi, bunda mehnatning alohida sharoitlari uchun amaldagi ustama haqi bekor qilinadi va “Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan har yilgi ta’tillar, imtiyozlar va kafolatlar berish tartibi saqlab qolinadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech