15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,1 °C

Sanoat
23 Oktyabr  2019 496

Ohangaronda yangi sement zavodi quriladi

Bugun Xitoyning “Toshkent Conch Cement” MChJ xorijiy korxonasi bilan Ohangaron tuman hokimligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qiladi.

 

Memorandumning asosiy mazmuni Ohangaron tumani “Qiziloy” MFY hududida yiliga 2,2 mln. tonna sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavodni qurishga qaratilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 200 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari evaziga amalga oshirilishi rejalashtirildi.

Loyiha ishga tushishi natijasida 350 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech