26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,4 °C

Xavfsizlik
6 Aprel  2020 359

Ogoh bo‘ling: g‘aflat – umr zavoli!

Bosh prokuraturada Idoralararo shtab, hududlarda esa Idoralararo ishchi guruhlar tuzildi.

Joriy yil 4-aprelda Bosh prokuratura tomonidan koronavirus keng tarqalishining oldini olish, tegishli xizmatlarga mazkur kasallikka chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni tezkor ravishda aniqlash va ularning boshqa fuqarolar bilan muloqotini cheklash bo‘yicha ko‘maklashish choralarini belgilandi.

Jumladan, Bosh prokuraturada koronovirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash bo‘yicha Idoralararo shtab, hududlarda esa, idoralararo ishchi guruhlar tuzildi.

Mazkur guruhlar koronovirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan tegishli surishtiruv ishlarini o‘tkazadi, ularning epidemiologik marshruti, kim bilan qachon, qaerda muloqotga kirishganini aniqlaydi.

Shuningdek, Bosh prokuratura murojatnomasida fuqarolarimizdan bugundan boshlab o‘zlarining kundaliklarini yuritishlarini so‘raydi.

Har bir fuqaro qachon, kim bilan, qaerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borishi maqsadga muvofiqdir, — deyiladi xujjatda.

Bu ma'lumotlar avvalo, kasallikning oldini olish, uning tarqalishiga chek qo‘yish, pirovardida minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bugun hyech bir fuqaroning beparvo bo‘lishga, g‘aflatda qolishga haqqi yo‘q.

Har bir fuqaro berilgan tavsiya va ko‘rsatmalarga amal qilmasa, avvalo, o‘zining, oilasining, yaqinlarining va boshqa insonlarning hayotiga xavf tug‘dirishi, hatto umriga zomin bo‘lishi mumkinligini unutmasligi zarur.

Koronovirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash bo‘yicha Bosh prokuraturadagi Shtab, hududlardagi ishchi guruhlar infeksiyaning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, uning mudhish oqibatlarining oldini olish borasida barchani hamkorlik va hamjihatlikka chaqiradi, — deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech