15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Xavfsizlik
16 Iyul  2020 439

Oʻgʻlini ichki ishlarga ishga kiritib qoʻya olmadi

Surxondaryo viloyatida firibgarlikning eng “nozik” turlaridan bir sodir etilgan.

2020-yil 1-iyulda Shoʻrchi tumanining “Yoshgʻayrat” mahallasida yashovchi fuqaro tuman Ichki ishlar boʻlimiga ariza bilan murojaat qilgan.

Arizada shu yil 17-fevralda tumanning “Hurlik” mahallasida yashovchi fuqaro, oʻgʻlini “Ichki ishlar organlari”ga ishga kiritishni vaʼda qilib, arizachidan 18 930 000 (oʻn sakkiz million toʻqqiz yuz oʻttiz ming) soʻm pullarni olib, vaʼdasining ustidan chiqmasdan olgan pullarni oʻzining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi tushuntirilgan.

Mazkur holat yuzasidan, 9-iyul kuni pulni olgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech