22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +39,6 °C

Xavfsizlik
22 Aprel  2019 784

O‘g‘irlik sodir etgan ayollar qo‘lga olindi

Joriy yilning 18-fevral kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yashovchi J.A. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 15-fevral kuni soat 09.00 dan soat 13.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs uyiga kirib, u yerdan 1 500 AQSh dollari, 922 ming so‘m puli va umumiy qiymati 10 mln. so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Mashrab ko‘chasida yashovchi 33 yoshli I.A. va 3-Guliston ko‘chasida yashovchi 35 yoshli F.Q.ismli ayollar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech