20 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Sport
12 Aprel  2019 535

Og‘ir atletikachi Rustam Jangabayev doping tufayli sportdan chetlatildi

Kecha Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) rasmiy saytida chiqqan xabarga ko‘ra, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, jahon chempionati sovrindori Rustam Jangabaevning qonidan olingan doping tahlili ijobiy natija bergan. Bu xabarni O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi ham tasdiqlagan.

 

Jangabaev antidoping qoidalarini buzganligi uchun sportdan vaqtincha chetlatildi. Shuni qayd etish kerak, agar sportchimizning antidoping qoidalarini buzmaganligi isbotlansa, unda bu haqda tegishli qaror ham e'lon qilinadi.

Shuningdek, xabarda IWF ish yuzasidan surishtiruv jarayonini yakunlamaguncha qo‘shimcha ma'lumot bermasligi ham aytiladi. Ta'kidlash joiz, Rustam Jangabaevdan doping tahlili musobaqa va yig‘inlar paytida emas, balki sport tadbirlaridan xoli vaqtda olingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech