18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -6,6 °C

Sport
14 Dekabr  2019 577

OFK O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini jazoladi

Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini jarimaga tortdi, deb xabar tarqatdi uzreport.uz.

Shu yilning noyabr oyida Osiyo chempionati U-19 saralashi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o‘yindan keyin terma jamoamiz futbolchilari va murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan tartibsizliklar tufayli endilikda O‘FA OFKning Tartib-intizom va etika Kodeksi 53.1- moddasiga asosan 2730 AQSh dollari miqdorida jarima to‘lashi kerak.
Bu pullar 30 kun ichida OFK hisob-raqamiga o‘tkazilishi zarur. Agar bunday xatti-harakat O‘FA terma jamoalari tomonidan yana takrorlanadigan bo‘lsa, jazo chorasi qat'iyroq bo‘lishi xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, ayni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindan keyingi harakatlari uchun Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 murabbiylar shtabi tarqatib yuborilgandi. Hozirda bu terma jamoani Temur Kopadze boshqarmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech