22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Mamlakatimizda
15 Mart  2019 1644

Odil Abdurahmanov:  «Birinchi yoki ikkinchi OTMga kirdingizmi, uchinchi OTM tanlovidan chiqib ketasiz»

Oliy ta’lim tizimida yuz berishi kutilayotgan yangilik va o‘zgarishlar jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari Odil Abdurahmanov sohadagi yangiliklar haqida to‘liq ma’lumot berdi.

 

Abiturientlarga doimiy yashash joyi hududida hujjat topshirishi va test sinovida ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratiladi. Yoshlarning vaqtini, iqtisodini tejash maqsadida poytaxtdagi oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish uchun uzoq yo‘l bosib kelmaydi. Abiturient o‘zi yashayotgan shahardagi davlat xizmatlari markazlari orqali yurtimizdagi istalgan oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin. Test sinovi ham shu tarzda tashkil etiladi.

Bir vaqtning o‘zida uchta OTMga hujjat topshirish haqidagi savolga quyidagicha javob olindi.

– Abiturient bir vaqtning o‘zida uchta OTMga hujjat topshirishi uchun ta'lim yo‘nalishini tanlashda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ularga ball berish ketma-ketligi mos kelishi kerak. Misol uchun, abiturient Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining kimyo fakultetiga o‘qishga kirmoqchi. Yana qo‘shimcha ravishda oliy ta'lim muassasasida fanlar majmuasiga muvofiq keluvchi yana ikkita — Samarqand davlat universiteti va Buxoro davlat universitetining kimyo fakultetiga hujjatlarini ilova qildi.

 Abiturient test sinovi jarayonida bir marta ishtirok etadi. Masalan, u O‘zMUning kimyo fakultetiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshiradi.  Ertasi kuni test natijasidan xabardor bo‘ladi, u 138 ball olgan. Abiturient O‘zMUga o‘qishga kirolmagan bo‘lsa, SamDU va BuxDUda o‘tkazilgan test sinovi natijalarini aniqlashi lozim. SamDUning kimyo fakultetiga to‘lov-shartnoma asosida oxirgi kirish bali 130 bo‘lsa, bunday holatda u SamDUda shartnoma asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu holda u BuxDUning kimyo fakultetiga o‘tkazilgan tanlovdan avtomatik tarzda chiqib ketadi – uning javoblari dastur tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. Ya'ni tanlangan OTMning ustuvorligiga qarab tanlov o‘tkaziladi. Birinchi yoki ikkinchi OTMga kirdingizmi, uchinchi OTM tanlovidan chiqib ketasiz. Teskari ham bo‘lishi mumkin: birinchi yoki ikkinchi OTMga kirolmadingizmi, uchinchi OTM tanlovida ishtirok etasiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech