18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Sport
20 May  2019 501

OChL. Bugun “Paxtakor” jamoasi safarda “Al-Ahli”ga qarshi bahs olib boradi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safarda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasiga qarshi bahs olib boradi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Jidda shahridagi “Qirol Abdulla” stadionida boshlanadi.

Ayni paytda “Paxtakor” jamoasi 8 ochko jamg‘argan holda “D” guruhida ikkinchi pog‘onada bormoqda. “Al-Ahli” esa 6 ochko bilan 3-o‘ringa joylashgan. Qatarning “Al-Sadd” jamoasi 10 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 4-o‘rindagi “Persepolis”da 4 ochko bor. Guruhdan keyingi bosqichga chiqish uchun Shota Arveladze shogirdlariga bugun durang ham kifoya qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech