22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Energetika
20 Yanvar  2020 1766

Energetika vazirligida «Tatneft» OTAJ ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Tatneft» OTAJ bosh direktori Noil Maganov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Energetika vaziri Alisher Sultonov «Tatneft» OTAJ yoqilg‘i-energetika majmuasi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda O‘zbekiston kompaniyalarining muhim hamkori hisoblanishini ta'kidlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan O‘zbekistonning investitsiya bloklarida geologik qidiruv ishlarini olib borish, neft qazib olishni jadallashtirish, Toshkent shahridagi «Tatneft» yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini kengaytirish kabi masalalarni muhokama etdilar.

Tomonlar shuningdek, «Angren» erkin iqtisodiy zonasida joylashgan «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJda shina va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichi» loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha keyingi harakatlar to‘g‘risida kelishib oldilar.

Mutaxassislarning malakasini oshirish maslasi hamkorlikning muhim masalalari qatoridan joy oldi. Xususan, tomonlar joriy yilning mart oyida «Tatneft» OTAJ ko‘magi bilan geologlar hamda O‘zbekistonning neft va gaz konlari va boshqa bir qator sohalari mutaxassislari Rossiyada kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishiga kelishib oldilar.   

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etdilar, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech