17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,7 °C

Mamlakatimizda
24 May  2019 504

Oboy 47 barobarga, armatura 3 barobarga va sement ishlab chiqarish 2 barobarga oshiriladi

Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- 2019-2025-yillarda mahalliy xomashyo geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasining xomashyo bazasini kengaytirish prognoz ko‘rsatkichlari;

- 2019-2025-yillarda diversifikatsiya qilish va mahsulot turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallari ishlab chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichlari.

Mazkur ko‘rsatkichlar doirasida ohaktosh ishlab chiqarish 13,1 mln. tonnaga, gips toshi 1,8 mln. tonnaga, tosh-shag‘al esa 5,6 mln. metr kubga yetkaziladi.

Shuningdek, oboy ishlab chiqarish 47 barobarga, armatura ishlab chiqarish 3 barobarga va sement ishlab chiqarish 2 barobarga oshiriladi.

2019-yil 1-iyuldan:

- mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning eksport mahsulotini sertifikatlashtirish xarajatlari Eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;

- tadbirkorlarning soliqqa tortish bazasi besh yilda teng ulushlarda noruda foydali qazilma boyliklari konlarini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘ladigan muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini qurish xarajatlari miqdoriga miqdorga kamaytiriladi;

- texnogen mineral hosilalar haqidagi ma'lumotlar tadbirkorlarga bepul beriladi.

Qurilish materiallari sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2019-2021-yillarda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklarning 500 mln dollaridan kam bo‘lmagan imtiyozli kreditlari jalb qilinadi.

2019/2020-o‘quv yilidan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Jizzax politexnika instituti va Farg‘ona politexnika institutida quyidagi yo‘nalishlar ochiladi:

- “Qurilish materiallari, buyumlari va qurilmalarini ishlab chiqarish texnologiyalari”;

- “Yig‘ma temirbeton, beton qurilmalar va buyumlarni ishlab chiqarish”;

- “Materialshunoslik va yangi turdagi qurilish materiallari texnologiyasi (turlari bo‘yicha)”;

- “Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi”.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech