20 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Mamlakatimizda
20 Fevral  2019 1757

Ixtirochilar va novatorlar tanlovi e’lon qilindi

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) «Ixtirochiligi uchun» medali va «Intellektual mulk sohasidagi eng yaxshi korxona» mukofoti uchun tanlov boshlanganini e’lon qildi.

 

BIMT muassasalari tomonidan oliy toifadagi maxsus mukofotlar ixtirochilik, ijodiy va innovatsion faoliyat, ixtirochi, muallif imijini yaratish, intellektual mulkdan samarali foydalanayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish uchun beriladi.

Tanlovning o‘tkazilishi shartlari bilan Intellektual mulk agentligi saytida tanishish mumkin.

Fanlar akademiyasida ta'kidlanishicha, «Ixtirochiligi uchun» yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda 2012-2017-yillardagi ixtirolari uchun patent olganlar ishtirok etishi mumkin.

O‘z axborotimiz.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech