13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xalqaro hamkorlik
16 Iyul  2020 516

Oʻzbekiston fuqarolarining sud va notarial toʻlovlar va xarajatlarni toʻlashdan ozod qilinishi toʻgʻrisida

2020-yil 12-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi uchun fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi MDH Konvensiyasi (Kishinyov shahri, 2002-yil 7-oktyabr) kuchga kirdi.

Hozirgi kunda Armaniston, Belorus, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston Kishinyov konvensiyasining ishtirokchilari hisoblanadi.

Hujjat Tomonlar hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar va boshqa shaxslarga ularning shaxsiy, mulkiy va nomulkiy huquqlarining ishonchli huquqiy himoyasini taʼminlashga, shuningdek Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yuridik yordam sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan.

Mamlakatimizning Kishinyov konvensiyasiga qoʻshilishi huquqiy yordam koʻrsatishda Tomonlarning markaziy, hududiy va boshqa organlari bilan hamkorlik qilishga imkon beradi.

Bundan tashqari, Konvensiya ishtirokchi-davlatlar hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar va boshqa shaxslarni sud va notarial toʻlovlar va xarajatlarni toʻlashdan ozod qiladi hamda boshqa Tomonlar hududlarida oʻz fuqarolari bilan bir xil shartlarda bepul huquqiy yordamdan foydalanishni koʻzda tutadi.

Oʻzbekiston Respublikasi uchun ushbu Konvensiya kuchga kirishi bilan mamlakatimiz va Kishinyov konvensiyasining ishtirokchilari boʻlgan davlatlar oʻrtasida 1993-yil 22-yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi konvensiya (Minsk konvensiyasi) va unga 1997-yil 28-martdagi Bayonnoma oʻz kuchini yoʻqotadi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech