09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Xalqaro hamkorlik
27 Fevral  2020 726

OAV sohasi ShHT doirasida kengaymoqda

2020-yil 26-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4619-sonli «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2019-yil 14-iyun kuni Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech