01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,6 °C

Agrosеktor
16 Aprel  2020 1181

Ohangaronda kivi daraxti

Ohangaron shahridagi «Xonobod» mahallasida tomorqasidan unumli foydalanib, dehqonchilikning hadisini olgan insonlar ko‘p. Bunday kishilarning hovlisiga qadam qo‘ysangiz, obod tomorqalarini ko‘rib, bahri-dilingiz ochiladi, kayfiyatingiz ko‘tariladi.

Samijon Xoliqulov va Ortiqboy Ergashev ham ana shunday tadbirkor oila boshliqlaridan. Samijon aka tomorqasini yashnatib, qulupnayzor barpo etgan bo‘lsa, Ortiqboy akaning xonadonidagi malina, qorag‘at o‘simliklarini ko‘rib, ko‘zingiz quvonadi. Xonadon sohibining qiziqishini qarangki, bu yerda hatto kivi daraxtiniyam uchratasiz.

Mahalladagi ko‘pgina xonadonlarda tomorqadan 3 marotabagacha hosil olinmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech