11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Xalqaro munosabatlar
22 Noyabr  2019 657
OʻzA

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuviga doir

2019-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
 
Tomonlar, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
 
Uchrashuv soʻnggida yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
 
Maʼlumki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam oʻtkazish tashabbusi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Birinchi sammit oʻtgan yilning mart oyida Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech