06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Xalqaro hamkorlik
9 Mart  2020 1034

Sog‘liqni saqlash sohasida horij tajribasi

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi vakillari Rossiyalik hamkasblari bilan uchrashdilar.

Fevral oyining oxirida Rossiyaning akademik B. V. Petrov nomidagi jarrohlik ilmiy markazi (RJIM) delegatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi uchrashuvida Rossiya jarrohligining ilg‘or tajribasini keng yoyish imkoniyatlari muhokama etildi.

Milliy palata raisi Rovshan Izamov tomonidan horij, jumladan Rossiyaning ilmiy tibbiyot markazlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston sog‘liqni saqlash mutaxassislari malakasini oshirish soha mutaxassislarini litseziyalashga tayyogarlik ko‘rishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o‘tildi.

Yo‘lga qo‘yilgan usullar asosida master klasslar treninglar nafaqat tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy, innovatsion usullarini o‘zlashtirish, balki  shifokorlarning  doimiy ravishda kasbiy mahoratini oshirib borishni belgilovchi kredit-modul ballarni qo‘lga kiritishga yordam beradi.

Rossiya tajribasi bu kabi tizimlarni tashkil etish, o‘zining samaradorligini namoyon etgan eng yaxshi modellarni tanlab olish borasida qo‘l keladi.

Rossiya ilmiy jarrohlik markazi har ikki tomon bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Masalan: B. V. Petrov nomidagi RJIM akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik markazi hamda «SHIFO NUR» xususiy klinikasi bilan  shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech