03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Xalqaro hamkorlik
29 Iyun  2020 289

AQSH delegatsiyasi Oʻzbekistonga keladi

Joriy yil 29-iyun – 1-iyul kunlari AQSHning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFS) bosh ijrochi direktori Adam Boyler Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklarida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Boʻlajak uchrashuvlar davomida Afgʻonistondagi tinchlik muzokaralari jarayonini qoʻllab-quvvatlash masalalari, DFS mablagʻlarini Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilish istiqbollari muhokama qilinadi.

AQSH delegatsiyasi 30-iyunda videokonferensaloqa orqali boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – AQSH” (“S5+1”) shaklidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech