21 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,1 °C

Xalqaro munosabatlar
15 Mart  2019 1602

Qozog‘iston va O‘zbekiston Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini ochmoqchi

Qardosh davlat vazirligi vakili Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi (MOIF)da ana shu reja haqida gapirdi.

 

Toshkentda 15-mart kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi oldidan Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston rasmiy davlat delegatsiyalari vakillari ishtirokida birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi tashkil etildi.

Ishbilarmon doiralar uchun «O‘zekspomarkaz» MKKda – milliy brendlar ostida mahsulotlari qo‘yilgan tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarlari taqdim etilgan kooperatsion birja tashkillashtirildi.

2017-yil noyabrda Markaziy Osiyo bo‘yicha Samarqand konferensiyasi chog‘ida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu Markaziy Osiyo iqtisodiy forumini o‘tkazish haqidagi tashabbus bilan chiqqandi.

Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi doirasida tematik yo‘nalishlardagi sessiya yig‘ilishlari va mintaqadagi davlatlar salohiyati va imkoniyatlarini namoyish qiluvchi ishtirokchilarning taqdimotlari rejalashtirilgan, deya xabar qiladi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining PR-markazi.

- O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik jadallik bilan rivojlanmoqda, - deydi Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligining Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Qayrat Torebaev. – O‘tgan yili tovar aylanmasi 3 milliard dollarni tashkil etdi, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bunday forumlar dolzarb masalalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Yirik loyihalar orasida biz ikki davlat o‘rtasida yangi nazorat-o‘tkazish punktini ochish ham hisobga olingan Xalqaro savdo-iqtisody hamkorlik markazini tashkil etishni taklif etyapmiz. U yangi uskunalar bilan jihozlanadi va o‘tkazish rejimi soddalashtiriladi. Hozir o‘tkazish punktlari o‘rtasida mavsumiy tiqilinchlar mavjud, avtomobillar tiqilinch joyda odamlarga ham harakatlanish noqulay. Shunday qilib, yangi Bojxona posti va mos ravishda o‘tkazish punktini ochish rejalashtirilmoqda. Yangi markaz ham muhim, uning o‘sishi uchun barcha zaxiralar mavjud. Tovar aylanmasi oshadi, sayyohlar oqimi - ko‘payadi. Loyiha o‘tgan yildan beri muhokama jarayonida, yaqin muddatlarda zaruriy hujjatlar imzolanadi. Asosiy ishlar esa 2020-yilda boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech