03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,4 °C

Mamlakatimizda
1 Iyul  2020 191

Karantin davrini mehmonxonalarda oʻtash tartibi haqida

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-iyundagi qaroriga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan kirib kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashash joyiga ega boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ixtiyoriy ravishda oʻz hisoblaridan mehmonxonalarda karantinni щtashi mumkin.

 

Hozirgi kunda fuqarolarni karantin talablari asosida joylashtirishga yetarli sharoit yaratgan va ularni qabul qilishga rozilik bildirgan mehmonxonalar roʻyxatlari shakllantirilgan.

Unga koʻra, 300 ming soʻmgacha narxdagi 599 ta oʻringa moʻljallangan jami — 13 ta, 301-500 ming soʻm narxdagi 4256 ta oʻringa moʻljallangan jami — 54 ta, 501 ming soʻmdan yuqori narxdagi 3616 oʻringa moʻljallangan jami 35 ta mehmonxonalar roʻyxati shakllantirilgan.

Bitta reys orqali Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan fuqarolarning karantin davrida sanitar-gigiyenik xavfsizlik talablari joriy etilgan, Milliy gvardiya tomonidan tunu kun davomida qoʻriqlanadigan mehmonxonalarga tartibli joylashtiriladi.

Aholi oʻrtasida koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida mehmonxonalarning roʻyxati har bitta narx toifasidan 3 tadan jami — 9 ta, eng kam narx taqdim qilgan mehmonxonalar kesimida eʼlon qilib boriladi, deb xabar beradi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Bunda mehmonxonalar oʻrinlari soni karantinga olingan fuqarolar va qayd etilgan bronlar hisobiga toʻlgach, roʻyxat yangilanib boriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech