11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,8 °C

Energetika
23 Iyul  2020 607

Uglevodorodlarni qazib olish tartibi belgilandi

2020-yil 21-iyulda Hukumatning 448-sonli “Taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktlar asosida uglevodorodlarni qazib olish mexanizmini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, uglevodorodlar qazib olishni koʻpaytirish nazarda tutilgan konlar roʻyxati yer qaʼridan foydalanuvchilarning takliflari asosida Energetika vazirligi tomonidan muntazam ravishda shakllantiriladi hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishiladi.

Kontraktlar bir yoki bir necha konlar boʻyicha 10 yilgacha boʻlgan muddatga, yer qaʼridan foydalanuvchi hamda pudratchining oʻzaro kelishuviga koʻra qoʻshimcha 5 yilgacha uzaytirish imkoniyati bilan tuzilishi mumkin.

Yer qaʼridan foydalanuvchi pudratchini tanlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazishda korporativ buyurtmachi vazifasini bajaradi.

Tanlov savdolari har bir alohida kon boʻyicha eʼlon qilinadi.

Tanlov savdolari gʻolibi – pudratchi 100 foiz ulushli ishtiroki boʻlgan shoʻba yuridik shaxsni tashkil qilishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazishi shart (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar – rezidentlar bundan mustasno).

Yer qaʼridan foydalanuvchi pudratchi bilan tanlov savdolarining natijalariga koʻra kontrakt tuzadi.

Qaror bilan shuningdek, kontraktga qoʻyiladigan minimal talablar belgilandi.

Taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktlar asosida uglevodorodlarni qazib olish mexanizmi:

- ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 va undan ortiq foizni tashkil qiladigan davlat korxonalari va yuridik shaxslarga;

- davlat ulushi 50 hamda undan ortiq foizni tashkil qiladigan yuridik shaxsga ustav fondining (kapitalining) 50 va undan ortiq foizi tegishli boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech