30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,6 °C

Sport
29 May  2020 1891

Xalqaro standartdagi velotrassa

Yurtimizda velosportning BMX yoʻnalishi boʻyicha trassa qurilishi boshlandi.

Jizzax shahridagi Sangzorkoʻl mavzesida velosiped sportining Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan VMX yoʻnalishi boʻyicha yurtimizdagi dastlabki trassa qurilishi boshlandi.

Hozirda Jizzax viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati trassa uchun ajratilgan hududni yaqindan oʻrganib chiqishmoqda. Taʼkidlash joiz, qurilish viloyat hokimligi tashabbusi bilan bunyod etilmoqda va loyihalashtirilmoqda.

VMX Olimpiya oʻyinlarida yangi sport turlaridan boʻlib, unda ishtirokchilar guruh boʻlib startdan qoʻzgʻalishida va uzunligi katta boʻlmagan, ammo murakkab yoʻllarda poyga oʻtkazishadi. Ushbu sport turi 2008-yildan yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

Jizzaxda qurilajak trassa Ukraina, Fransiya va belgiyalik mutaxassislar tomonidan loyihalashtiriladi va ekspertlar qurilish ishlari boshlangach bevosita jarayonni nazorat qilib borishadi (xalqaro parvozlar ochilgach). Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, trassa sentyabr oyida ochilishi kutilyapti, deb xabar beradi Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech