26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,6 °C

Xavfsizlik
6 Aprel  2020 340

Nuroniyning dili og‘ridi

Karantin vaqtida nafaqaxo‘rning yolg‘izligidan foydalangan shaxs  ushlandi.

2020-yil 27-mart soat taxminan 13:00 larda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Surum mahallasida yashovchi 70 yoshli nafaqaxo‘rning uyiga kutilmagan mehmon keladi.

Muqaddam bir necha marotaba sudlangan 53 yoshli shaxs, yolg‘iz keksaning  uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, undan pul berishligini talab qilgan. Nroniy puli yo‘qligini aytganida, uning qo‘llaridan tortib, yotoqxonasidagi yostig‘i tagida bo‘lgan 700 000 so‘m pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «b» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayb elon qilingan va «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov xarakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech