20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xavfsizlik
9 Aprel  2019 1073

Nukusda bosqinchilik. Pichoqlangan ikki kishidan bittasi vafot etgan

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 8-aprel kuni soat 04:00 larda Nukus shahar, Taxtako‘pir ko‘chasi 66-uyda yashovchi D.M. 1956 y.t.) uyida yurgan noma'lum shaxsning ovozini eshitib, u tomonga borgan vaqtda noma'lum shaxs uni qasddan o‘ldirish maqsadida ko‘krak qafasining o‘ng qismiga pichoq bilan bir marotaba urgan.

 

Shuningdek, noma'lum shaxs D.M. uydagilarni yordamga chaqirgan vaqtda chiqib kelgan turmush o‘rtog‘i A.Sh.ning (1961 y.t.) ko‘krak qafasining chap tomoniga pichoq bilan bir marotaba urib, voqyea joyidan yashiringan.

A.Sh. olgan tan jarohati natijasida voqyea joyida vafot etgan, D.M. shifoxonaga yotqizilib, zudlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan 8-aprel kuni Nukus shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech