01 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

investitsiyalar
4 Mart  2020 1296

Nufuzli bank rahbari Farg‘onada

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining prezidenti Suma Chakrabarti Farg‘onaga keldi.

«Farg‘ona» xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tgan dastlabki muloqot chog‘ida viloyat hokimi Sh.G‘aniev mehmonga viloyatning iqtisodiy salohiyati va investitsion muhiti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyalari hisobidan ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish jarayonlari haqida gapirib berdi.

Ta’kidlanishicha o‘tgan yili mazkur bank orqali viloyatda 45 ta loyiha tashabbuskorlari qo‘llab-quvvatlandi. Misol uchun, Marg‘ilon shahridagi «Ferlev» MChJning neft mahsulotlari sotib olish, Dang‘ara tumanidagi «Real kabelinvest» korxonasining zamonaviy issiqxona tashkil qilish, Farg‘ona shahridagi «Meridian diagnostic hospital» OAJning tibbiy asbob-uskunalar sotib olish loyihasi uchun bank kredit mablag‘i o‘zlashtirildi.

Yevropalik mehmon Marg‘ilon shahridagi «Yodgorlik» va «Indorama Qo‘qon tekstil» fabrikalari bilan tanishdi.

Suma Chakrabarti janoblari Farg‘onaning o‘ziga xos tabiatga ega viloyat ekanligini ta’kidlab, Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan xalqaro «Atlas» va Qo‘qondagi «Hunarmadchilik» festivali haqida alhohida mamnuniyat bilan fikr bildirdi. Farg‘onalik hunarmandlarning mahsulotlarini ham yuqori baholadi, deb xabar beradi Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech